Samsung Galaxy'ga eSIM qo'shishda xatolik chiqsa, nima qilish kerak
Agar Galaxy smartfoni yoki planshetiga eSIM qo'sha olmasangiz yoki jarayon davomida "Xotira to'ldi", "Boshqa qurilmada ishlatilmoqda" yoki "QR-kod muddati tugagan" degan xabar chiqsa, quyidagi maqoladagi tavsiyalardan foydalaning.
Telefon modeliga qarab unga 2 dan 10 gacha virtual SIM-karta qo'shish mumkin. Ba'zi operatorlarning eSIM'lari boshqalariga qaraganda ko'proq xotira egallashi mumkin. Shu sababli, qo'shiladigan eSIMlar soni doimiy emas va farq qilishi mumkin.
Yangi eSIM uchun joy yetarli bo'lmasa, "Xotira to'ldi" xatosi chiqadi.
Eslatma: eSIM qo'shilayotgan paytda qurilmani qayta ishga tushirmang.
- "Parametrlar" > "Ulanishlar" > "SIM-karta menejeri" > "eSIM qo'shish" bo'limiga o'ting.
- Keyin "Parametrlar"ning asosiy ekraniga qayting.
- "Parametrlar" > "Telefon haqida" > "Holat haqidagi ma'lumot" bo'limiga o'ting. "EID" maydonida sizga kerakli raqam ko'rsatiladi.
- Tarmoq ishlashida uzilishlar bo'lsa — keyinroq qayta sozlashni bajaring.
- QR-kod yoki qo'shish kodi muddati tugagan — yangi kodni so'rang va uni qo'shishga urinib ko'ring.
Telefon xotiradan barcha qo'shilgan tarmoq ulanish sozlamalarini o'chiradi — bu ularning ishlashida xatoliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Agar boshqa virtual SIM-karta qo'shilishida qiyinchilik bo'lmasa, demak, telefon normal ishlayapti va muammolar tarmoq ishlashiga bog'liq.
Bunday holda mobil operatoringiz bilan bog'laning va muammolar nima bilan bog'liq ekanligini aniqlang.
Sozlamalarni tiklash qurilmangizdagi barcha ma'lumotlarni o'chiradi.
Tiklashdan oldin barcha muhim ma'lumotlarning zaxira nusxasini yaratishni qattiq tavsiya etamiz.
Agar sizga hech qanday tavsiya yordam bermasa, ehtimol, smartfoningizda nosozlik bor. Samsung Galaxy'ingiz ta'mirlashni talab qilishini aniq bilish uchun yaqin atrofdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishni maslahat beramiz.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.