SmartThings ilovasida Samsung Find xizmati qanday ishlaydi?

Oxirgi yangilanish sanasi : 15.10.2026

SmartThings Find — bu Samsung qurilmalarining joylashuvini ko'rsatadigan va qurilma yo'qolgan taqdirda ma'lumotlarni himoya qilish imkonini beruvchi xizmatdir.

Qurilmangizda Samsung hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazganingizda, u avtomatik ravishda SmartThings Find xizmatida ham ro'yxatdan o'tadi. Qurilmangizni SmartThings Find veb-saytida yoki SmartThings ilovasida topishingiz mumkin.

Muhim!

Boshqa ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari SmartThings Find funksiyasini qo'llab-quvvatlamaydi.

Xaritada SmartThings Find belgisining ko‘rinishi.

Mavzu bo'yicha:

SmartThings Find xizmatini qanday topish mumkin?

Telefon va planshet uchun:

Agar siz avval SmartThings Find xizmatidan foydalanmagan bo'lsangiz, uni yuklab olishingiz kerak. Buning uchun SmartThings ilovasini oching va "Hayot" bo'limini tanlang. Xizmatlar kartochkalari ro'yxatidan Find ni topib, yuklashni boshlash uchun bosing.

Eslatma:

Agar "Hayot" bo'limida SmartThings Find kartochkasi ko'rinmasa, ekraningning o'ng yuqori burchagidagi "+" tugmasini bosing va SmartThings Find ni tanlang. Yuklash tugashini kuting, kartochka "Hayot" bo'limida paydo bo'ladi.

SmartThings ilovasidagi “Hayot” yorlig‘i.

Brauzer uchun:

  1. SmartThings Find ning rasmiy veb-saytiga kiring
  2. Samsung hisob qaydnomangizga kiring.
  3. Ro'yxatdan qurilmani tanlang va kerakli funksiyani ishga tushiring.

Ma'lum bir qurilma uchun SmartThings Find xizmatini qanday faollashtirish mumkin?

Qurilmangizda "Qurilmalar topillishiga ruxsat berish" funksiyasi yoqilganligiga ishonch hosil qiling. Odatda, xizmatga birinchi marta kirganda ruxsat haqida bildirishnoma paydo bo'ladi.

Eslatma:

Qidiruv funksiyasi oldindan yoqilgan bo'lishi kerak. Agar qurilma yo'qolgan bo'lsa, masofadan turib qidiruv funksiyasini yoqib bo'lmaydi.

SmartThings ilovasidagi “Hayot” yorlig‘i. SmartThings ilovasidagi “Hayot” yorlig‘i.

1-qadam. SmartThings ilovasini oching va "Hayot" bo'limiga o'ting.

SmartThings Find xizmati kartochkasi. SmartThings Find xizmati kartochkasi.

2-qadam. Uni ochish uchun Find xizmati banneridagi strelkani bosing.

SmartThings Find xizmati xaritasi. SmartThings Find xizmati xaritasi.

3-qadam. O'ng yuqori burchakdagi "Tanlovlar" (uch nuqta) tugmasini bosing.

“Sozlamalar” yorlig‘i. “Sozlamalar” yorlig‘i.

4-qadam. "Parametrlar" bo'limini tanlang.

“Qurilmalar topilishiga ruxsat berish” yorlig‘i. “Qurilmalar topilishiga ruxsat berish” yorlig‘i.

5-qadam. "Qurilmalar topilishiga ruxsat berish" ni tanlang.

Qidiruv ruxsatlari sozlamalari. Qidiruv ruxsatlari sozlamalari.

6-qadam. Tanlangan qurilma uchun ruxsatni yurgtich yordamida yoqing.

SmartThings Find xizmatida qanday funksiyalar mavjud?

SmartThings Find ning brauzer versiyasi uchun quyidagi funksiyalar nazarda tutilgan:

  • Qo'ng'iroq — smartfon, planshet yoki Galaxy Watch 1 daqiqa davomida maksimal ovoz balandligida signal beradi, hatto "Vibratsiya" yoki "Ovozsiz" rejimi yoqilgan bo'lsa ham.

  • "Yo'qolgan" rejimi — smartfon, planshet yoki Galaxy Watch ni ekran qulflash funksiyalari orqali himoya qilish. Ekranda aloqa uchun favqulodda kontakt ma'lumotlari ko'rsatiladi. Boshqa foydalanuvchilar qurilmani o'chira olmaydi.
  • Joylashuvni kuzatish — yo'qolgan telefoningizning joylashuvini tekshirish. Telefonning joylashuvi haqidagi ma'lumot har 15 daqiqada yangilanib boradi.

  • Ma'lumotlarni o'chirish — smartfon, planshet yoki Galaxy Watch da ma'lumotlar tozalanadi va SD-karta bo'shatiladi. Sozlamalar tiklangandan so'ng masofadan boshqarish funksiyalari ishlamaydi. Qurilma internet tarmog'iga ulangan bo'lsa, sozlamalar tiklanadi. Agar qurilma tarmoqqa ulanmagan bo'lsa, sozlamalar Wi-Fi yoki mobil internetga ulangandan keyin tiklanadi.
  • Ishlash vaqtini uzaytirish — smartfon, planshet yoki Galaxy Watch da qurilmaning batareya ishlash vaqtini oshirish uchun maksimal energiya tejash rejimi yoqiladi. Agar batareyani tejash rejimi yoqilgan bo'lsa, Samsung Cloud ga ma'lumotlarni zaxiralash amalga oshirilmaydi.

Ularni yoqish uchun kerakli ikonkani bosish kifoya.

SmartThings Find brauzer versiyasining interfeysi.

SmartThings Find xizmatining ishlashi bo'yicha savollar

SmartThings Find funksiyalaridan foydalanish uchun qidirilayotgan qurilmada Samsung hisob qaydnomasiga kirilgan bo‘lishi va qurilma Internetga ulangan bo‘lishi shart.

Agar qurilmaning aniq joylashuvi aniqlanmagan bo‘lsa, qurilma nomi yonidagi tarmoq holatiga e'tibor bering:

Ulangan — qurilma Internetga ulangan va aloqa o‘rnatilgan, shu sababli xaritada qurilmaning aniq joylashuvi ko‘rsatiladi.

Ulanmagan — qurilma bilan tarmoq aloqasi yo‘q va uning holati noma’lum. Bu quyidagilarni anglatishi mumkin:

  • qurilma yoqilgan, lekin Internetga ulanmagan,
  • yoki qurilma o‘chirilgan va qidiruv ishlamayapti,
  • yoki qurilma zavod sozlamalariga qaytarilgan va uni endi aniqlab bo‘lmaydi.

Siz boshqa SIM-karta o‘rnatilgan bo‘lsa ham, smartfoni qidirish uchun SmartThings Find dan foydalanishingiz mumkin. SmartThings Find veb-saytida SIM-karta almashtirilgani haqida ma’lumot ko‘rsatiladi.

"Ma’lumotlarni o‘chirish" funksiyasi qurilmadagi barcha ma’lumotlarni tozalash orqali ularning tashqariga chiqib ketishini oldini oladi.

Ma’lumotlar o‘chirilgandan so‘ng SmartThings Find (Find My Mobile) funksiyalaridan foydalanib bo‘lmaydi, chunki qurilmadagi Samsung hisob qaydnomasi ma’lumotlari ham o‘chiriladi.

SmartThings ilovasini yuklab olish SmartThings ilovasini yuklab olish

Agar qurilmangizda SmartThings ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, uni Galaxy Store yoki Google Play do‘konlaridan yuklab oling.

SmartThings Find — Samsungning ishonchli xizmati bo‘lib, joylashuvni kuzatish, ovoz chiqarish va masofadan boshqarish orqali yo‘qolgan Galaxy qurilmalarini topishga yordam beradi. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun xavfsizlik sozlamalarida “Telefonni topish” funksiyasini yoqish va Samsung hisob qaydnomasiga ega bo‘lish kifoya. Shundan so‘ng siz ma’lumotlaringizni himoya qila olasiz va Internet aloqasi bo‘lmasa ham qurilmalarni tezda topishingiz mumkin.

Ushbu tavsiyalar Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!