SmartThings Find nima?
SmartThings Find — bu Samsung qurilmalaringiz qayerda ekanligini aniqlashga yordam beradigan xizmatdir. Planshet, smartfon, soat yoki naushniklaringizni yo'qotgan bo'lsangiz, qurilmani kuzatish va ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun SmartThings Find xizmati veb-saytiga kiring.
SmartThings Find xizmati qanday ishlaydi
SmartThings Find xizmati orqali Samsung hisobingizga bog'langan barcha Galaxy qurilmalaringizni topishingiz mumkin.
SmartThings Find xizmatida siz:
- yo'qotilgan qurilmani kuzatish,
- unga qo'ng'iroq qilish,
- bloklash,
- zaxira nusxa yaratish,
- ma'lumotlarni o'chirish.
Agar sizda ikkitadan ortiq Galaxy qurilmalari bo'lsa, ularni SmartThings ilovasining "Hayot" bo'limidagi SmartThings Find xizmati orqali kuzatishingiz mumkin.
Eslatma:
Ushbu funksiyaning ishlashi uchun mobil aloqa yoki Wi-Fi tarmog'iga ulanish talab qilinadi.
SmartThings Find xizmatidan foydalanish uchun smartfoningiz yoki planshetingizda qurilmani qidirish funksiyasi yoqilgan bo'lishi kerak.
- Parametrlar > Xavfsizlik va maxfiylik > Yo'qotilgan qurilma himoyasi > Mobil telefonimni topish bo'limiga kirib, qidirish va joylashuvni kuzatish funksiyalarini yoqing.
- Yoki Parametrlar > Biometrik ma'lumotlar va xavfsizlik bo'limiga kirib, Mobil telefonimni topish funksiyasini yoqing.
Qaysi qurilmalar SmartThings Find xizmatini qo'llab-quvvatlaydi
- Samsung Galaxy smartfonlari.
- Samsung Galaxy planshetlari.
- Samsung Galaxy Watch aqlli soatlari.
- Samsung Galaxy Buds simsiz naushniklari.
Boshqa ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari SmartThings Find funksiyasini qo'llab-quvvatlamaydi.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.